AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama çorşanba kuni hakam sifatida öz fuqarolik burçini bajariş uçun Çikago sudiga keldi, ammo uni hakamlar hay'ati tarkibiga qöşişmadi. Bu haqda CNN telekanali xabar tarqatgan.

Obama sud binosiga AQŞ maxfiy xizmati xodimlari hamrohligida kelgan, uni olqişlar bilan kutib olişgan va yiğilganlar sud işi haqidagi 20 daqiqalik videoni tomoşa qilişgan. Ammo yakunda sobiq davlat rahbari hay'at tarkibidan joy olmagan.

Bundan avvalroq Obama noyabr oyida Illinoys ştati Kuk okrugi sudida hakamlik qilgani xabar qilingandi. Chicago Tribune xabariga köra, Barak Obama bu okrugda mulkka egalik qilgani uçun bu sudda hakam sifatida qatnaşiş huquqiga ega hisoblanadi.