Törtköl tumani Temiryöl köçasida yaşovçi B.R. tumandagi iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatiga norozilik arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda Federatsiya matbuot va axborot sektori KUN.UZ’ga xabar berdi.

Unga köra, iste'molçining xonadoniga asossiz ravişda 1 648 990 söm qarzdorlik haqida ogohlantiriş xati yuborilganligi aytilgan.

Törtköl tumani iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati tomonidan murojaat körib çiqildi. Xonadonning içimlik suvi ta'minoti korxonasidan heç qanday qarzi yöq ekanligi aniqlanib, bu haqda iste'molçining xonadoniga jamiyat tomonidan murojaatga javob xati jönatildi.