Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Almati–Bişkek–Toşkent–Termiz” avtomobil yölidagi Zarafşon daryosi ustidan ötgan yangi köprik foydalanişga topşirildi, deb xabar beradi avtomobil yöllari davlat qömitasi.
M-39 “Almati–Bişkek–Toşkent–Termiz" avtomobil yölining 1079-kilometrida joylaşgan, Zarafşon daryosidan ötgan eski köprik 1963 yilda qurilgan bölib, ikki polosali hamda 6,8 metrli qatnov qismidan iborat, avtomobil qatnovini ta'minlab beriş imkoniga ega emasdi — uning har biri 22,16 metrdan iborat 30 dona oraliq qurilmalari (balkalari) şikastlangan holatda edi.
Mazkur köprikni qayta quriş işlari 2017 yil yanvarda boşlangan hamda avtomobil yöllari davlat qömitasi tizimidagi “Samarqandköprik” korxonasiga topşirilgan bölib, loyiha işlari “Yöl-loyiha byurosi” MÇJ tomonidan amalga oşirilgan.
Bugungi kunda mazkur quriliş obektida avvalgi — uzunligi 134 metr, kengligi 6,5 metrli köprik örniga 160 metr uzunlikdagi va qatnov qismi 10 metrdan iborat bölgan yangi köprik qurib bitkazildi. Yangi köprikda har birining uzunligi 22,16 metrdan iborat 36 ta balka örnatilib, uning qirğoq bilan tutaşgan kiriş va çiqiş qismlarida uzunligi 12 metr bölgan monolit plitalar barpo etildi, deyiladi qömitaning matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Eslatib ötamiz, uşbu köprikning qurilişi çözilayotgani, harakat çeklangani bois yöl-transport hodisalari röy berib, yölning qatnov qismining köprikka yaqin uçastkalarida ulkan tirbandlik hosil bölayotgani haqida xabar bergan edik.












