Bangladeşdagi rohingya-qoçqinlar soni 800 ming kişidan ortiqni taşkil qiladi, şulardan 607 ming nafari 25 avgustdan boşlab Myanmani tark etgan. BMTning qoçqinlar işlari böyiça Oliy komissari Folker Turk Myanma va Bangladeşga taşrifi yakunlari böyiça şu haqida ma'lum qildi.
"Bizning hisob-kitoblarimizga köra, hozirda Koks-Bazarda 607 ming rohingya-qoçqin mavjud. Bu undan avval Myanmadan qoçgan rohingya musulmonlaridan taşqari", - dedi u.
Turkning ta'kidlaşiça, BMTning qoçqinlar işi böyiça Oliy komissar boşqarmasi Myanmadan qoçqinlarning öz vataniga munosib qaytişi uçun zarur şaroitlarni yaratişni talab qilmoqda, şunday bölsa-da, u bu borada xom xayollarga berilmay, buning tez orada amalga oşmasligini yaxşi tuşunadi.
Migratsiya böyiça xalqaro taşkilot ma'lumotlariga köra, 25 avgustdan boşlab Myanmadan qoçgan rohingyalar soni 611 ming kişidan oşgan.











