AQŞ prezident Donald Tramp dunyoda "ulkan beqarorlik"ni yuzaga keltirdi. Germaniya taşqi işlar vaziri Zigmar Gabriel mamlakatning ZDF telekanalidagi çiqişida şunday bayonot berdi, deb yozmoqda TASS agentligi.

Gabriel Trampni "Amerikaning Ikkinçi jahon uruşidan keyin şakllangan siyosiy an'analariga javob beradigan" hamda AQŞ taşqi siyosatini mamlakatning içki manfaatlariga moslaştirişda ahamiyatga molik taşqi siyosatga ega emaslikda aybladi. Tramp, Gabrielning fikriça, har bir mamlakat bilan alohida ikki tomonlama munosabatlarni qurmoqda. U "vaqtinçalik bitimlarni tuzib", umumdunyo tartibi haqida qayğurmayapti. 

"Biz şunday şaroitlarda yaşayapmizki, "Katta yigirmatalik" yoki "yettilik" haqida emas, balki "ikkilik" haqida gapirişga töğri kelayapti", - degan vazir. Uning fikriça, Qöşma Ştatlar dunyoda şakllangan qoidalarga "Tramp qaraşi böyiça kim bilan maqsadga muvofiq" bölsa, şunday yondaşmoqda. Gabrielning qayd etişiça, bularning barçasi jahonda "ulkan beqarorlik"ni uyğotmoqda.