Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Moliya vazirligining qarori bilan mobil aloqa xizmatlarini körsatuvçi yuridik şaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uçun tölovlarni hisoblaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomga qöşimçalar kiritildi.

Hujjat bilan Özbekiston aloqa va axborotlaştiriş agentligi hamda Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012 yil 1 fevraldagi 2-yu va 7-son qarori bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini körsatuvçi yuridik şaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uçun tölovlarni hisoblaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizomga quyidagi qöşimçalar kiritildi:

a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboşi bilan töldirildi:

“energoresurslarni nazorat qiliş va hisobga oliş tizimida foydalaniladigan raqamlar - Özbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan belgilanadigan energoresurslarni nazorat qiliş va hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy qiliş böyiça loyihalarni amalga oşiriş doirasidagi elektr energiya, tabiiy gaz va boşqa kommunal xizmatlarni hisobga oliş asboblarini ulaşni ta'minlaş uçun uyali aloqa kompaniyalari tomonidan ajratilgan raqamlar.”

b) 4-band quyidagi jumla bilan töldirildi:

"Energoresurslarni nazorat qiliş va hisobga oliş tizimida foydalaniladigan raqamlar tölov obekti hisoblanmaydi”.

Mazkur qaror Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi bilan kelişilgan.