Afsonaviy boksçi Mayk Tayson 9 noyabrda Çiliga bu mamlakat qonunçiligini buzgani sababli kiritilmadi. Bu haqda mamlakat politsiyasi xabar berdi. 

“Xalqaro politsiya detektivlari Mayk Taysonni xorijliklar haqidagi qonunni bajarmagani uçun orqaga qaytarib yuborişdi”, deb aytilgan Çili politsiyasining tvitterdagi xabarida.

Tayson 2007 yilda AQŞda giyohvand moddalar saqlagani va giyohvand moddalar ta'sirida maşina haydagani uçun 24 soatlik qamoq jazosiga va 3 yillik sinov muddatiga tortilgandi. Çilining xorijliklar haqidagi qonuniga köra, bu mamlakat öz davlatida yuqoridagi kabi qonunbuzarliklarni amalga oşirgan yoki jazolarga tortilgan odamlarga öz hududiga kirişni ta'qiqlaşga haqli.

Tayson Çilida mahalliy telekanallardan biri tomondan taşkillaştirilgan tadbirda iştirok etişni rejalaştirgan edi.