Sankt-Peterburgda Özbekiston fuqarosi qölga olindi, u terrorizm va ekstremistik taşkilotlarda iştirok etişda ayblanmoqda, deb xabar tarqatdi Nation News.

Qayd etilişiça, huquq-tartibot idoralari xodimlari xalqaro qidiruvda bölgan 28 yoşli Özbekiston fuqarosini hibsga olişgan. 

Qölga oliş jarayoni Vasilevskiy orolining 6-liniyasida yarim tunda amalga oşirildi. Özbekistonlik şaxs terrorizm, ekstremistik taşkilotlarda iştirok etiş, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qiliş, jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tarqatişda ayblanmoqda.

Ta'kidlanişiça, qidiruv taşabbusi bilan Qaşqadaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi çiqqan. Qölga olingan şaxs hibsda, bu haqda Özbekiston tomoni xabar qilingan.