AQŞ prezidenti Donald Tramp Vetnamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşmaydi. Bu haqda amerikaliklar prezidenti matbuot kotibi Sara Sandersga asoslangan holda Bloomberg xabar tarqatdi.

Uning ma'lum qilişiça, bu uçraşuv Oq uy rahbarining tiğiz grafigiga töğri kelmaydi.

Bundan oldinroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ikki davlat rahbari uçraşuvi böyiça kelişuv arafasida turilgani haqida ma'lum qilgandi. 

Şuningdek, Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Putin va Tramp özaro uçraşuvda Suriya, Ukraina hamda Koreya yarimoroli masalasini muhokama qilişi haqida aytgandi.

Qayd etiş kerakki, bu ikki davlat rahbarining birinçi uçraşuvi G20 davlatlari sammitida röy bergandi. Ular şuningdek, bir neça marta telefon orqali muloqot qilişgan.