Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi taşkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Vetnamga yetib kelişmoqda. 10-11 noyabr kunlarida Danang şahrida OTIHning yubiley 25-sammiti ötkazilmoqda.

Sammit maydoniga dastlab AQŞ prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Jinping yetib kelişdi.

Köp ötmay Rossiya prezidenti Vladimir Putinning samolyoti ham Vetnamga qöndi.

Sammit dasturida taşkilot a'zolarining iqtisodiy doiralari örtasida uçraşuvlar, Xalqaro valyuta jamğarmasi direktori Kristin Lagard bilan dunyo iqtisodiyoti istiqbollari mavzusidagi suhbat örin olgan.

Sammit yakunida davlatlar rahbarlari qöşma deklaratsiyani imzolaşadi va istiqboldagi rejalarni belgilab olişadi.

Taşkilotning keyingi sammiti 2018 yil noyabrida Papua-Yangi Gvineyada bölib ötadi.

Forum maydonidagi uçraşuvlar

Rossiya prezidenti 10 noyabr kuni Vetnam prezidenti Çay Day Kuang, Xitoy rahbari Si Jinping, Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe hamda Filippin prezidenti Rodrigo Duterte bilan uçraşişni rejalaştirgan.

Şuningdek, Putin AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşişi mumkin. Ammo tomonlar hozirça bu masala böyiça kelişuvga erişmadi.