Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko yangi Oliy sudning 114 sudyasini tayinlaş töğrisidagi farmonni imzoladi. Hujjat prezident ma'muriyati örinbosari Aleksey Filatov tomonidan öqib eşittirildi, deb xabar bermoqda Ukrinform.
Prezidentning ta'kidlaşiça, yangi Oliy sud ilk marotaba oçiq tanlov asosida şakllantirildi.
"Yangilangan Oliy sudning har törtinçi sudyasi – advokat yoki ilmiy xodim. Ular Ukraina qonunlari hamda Yevropa standartlari va an'analari asosida yangi adliya tizimini quriş imkoniyatiga ega bölişadi", - deya ma'lum qildi Poroşenko.
Navbatda, prezidentning sözlariga köra, - adliya tizimidagi özgarişlar böyiça yana qator qonunlarni qabul qiliş: korrupsiyaga qarşi sud, advokatura, huquqiy ta'lim haqidagi va boşqa qonunlar.
"Biz Ukraina adliya tizimi tarixida yangi sahifani oçmoqdamiz!", - deya ta'kidlab ötdi u.












