Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan golf öyini vaqtida muvozanatini saqlay olmay, qumli çuqurlikka yiqilib ketdi. Uşbu holat videosi ABC News telekanali tomondan namoyiş qilindi.

Videoda Abe qumli çuqurlikdan turib töpçaga zarba bergandan keyin, undan çiqmoqçi bölganda yiqilib ketganini köriş mumkin. U çuqurdan çiqib bölganda, muvozanatini saqlay olmay, orqasiga umbaloq oşgan. Tan beriş kerakki, Abe tezda özini önglab olib, ikkinçi urinişda çuqurdan çiqa olgan. 

Telekanalning ta'kidlaşiça, Tramp bu holatni e'tiborsiz qoldirgan.  

Ikki davlat rahbarlari örtasidagi golf öyini Trampning Yaponiyaga taşrifi vaqtida ötgan haftada bölib ötgan, biroq yuqoridagi video endigina e'lon qilindi.