Rossiyalik aralaş yakkakuraş jangçisi (MMA) Fyodor Yemelyanenko oğir vaznda Bellator çempionlik kamari uçun 2018 yilda ötadigan musobaqada iştirok etadi. Bu haqda Bellator prezidenti Skott Kokerga iqtibos keltirgan holda MMA Junkie portali xabar berdi.
Musobaqada 4 nafar oğir vazndagi jangçi: Yemelyanenko, UFC’ning sobiq çempioni Frenk Mir, amerikalik jangçilar Mett Mitrion va Roy Nelson iştirok etadi. Musobaqada, şuningdek, yarim oğir vazndagi yana 4 amerikalik jangçi: Bellator’ning yarim oğir vazndagi amaldagi çempioni Rayan Beyder, UFC’ning sobiq çempioni Kuinton Jyekson, Strikeforce’ning sobiq çempioni Muhammad Laval va Çeyl Sonnen iştirok etadi.
“Bu biz uçun muhim hodisa böladi. Biz 8 nafar jangçini özaro bellaştiramiz va ğolib oğir vazn çempioni böladi. Biz taşkil etayotgan janglar muxlislar körmoqçi bölgan janglardir. Işoning, sizni ajoyib musobaqa kutmoqda”, deb aytgan Koker.
Musobaqaning janglari bir vaqtda ötkazilmay, balki butun yil davomida bölib ötadi. Musobaqa finali 2018 yil dekabriga rejalaştirilgan. Janglar ötadigan sana va joylar yaqin orada ma'lum qilinadi.
Yemelyanenko 24 iyulda Nyu-Yorkda Bellator’dagi ilk jangida amerikalik jangçi Mett Mitrionga birinçi raunddayoq texnik nokaut bilan yutqazgan. Umuman olganda rossiyalik jangçi hisobida MMA’da ötkazilgan janglarda 36 ğalaba va 5 mağlubiyat bor.












