Çap qöli tirsagigaça amputatsiya qilingan amerikalik yakkakuraş jangçisi Nik Nyuell Bellator’da ilk jangini ötkazdi. 33 yoşli sportçi bir qöli yöqligiga qaramay hamyurti Kori Brauningni mağlub eta oldi.

Jang Nyuellning raqibiga qarşi böğuvçi usulni qöllaganidan keyin 1-raunddayoq töxtatilgan. 

Aytiş joiz, Nyuell 2009 yildan beri aralaş yakkakuraşlarda iştirok etib keladi. Ayni vaqtda uning hisobida 18 ta jang bor va u bor-yöği 2 marta mağlub bölgan.

Şuningdek, Bridjportda ötgan musobaqaning boş jangida rossiyalik Sergey Xaritonov amerikalik Mett Mitrionni mağlub etdi.