"Marsel" jamoa himoyaçisi Partis Evra bilan şartnomani bekor qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qilgan. 

Şartnomani bekor qiliş ikki tomonning roziligi bilan amalga oşirilgan. Klubning bu qarorga kelişiga 2 noyabr kuni Yevropa Ligasidagi "Vitoriya Gimaraynş"ga qarşi keçgan öyin oldidan Evraning öz jamoasi muxlisining boşiga tepgani sabab bölgan. 

UYeFA ham Evrani 2018 yilning 30 iyuniga qadar yevrokuboklardan çetlaştirdi hamda 36 yoşli futbolçiga 10 ming yevro, "Marsel"ga esa 25 ming yevro jarima belgiladi.