Janubiy Koreyaning yuqori texnologiyali mahsulotlar işlab çiqaruvçi kompaniyasi ortiqça şov-şuvlarsiz özining yangi va eng kuçli çipi – Exynos 9810 protsessorini namoyiş qildi. U Snapdragon 845 qatorida yangi Galaxy S9 telefoniga örnatilişi mumkin.
Exynos 9810 ikkinçi avlod protsessori bölişiga qaramay 10-nanometrli jarayon böyiça işlab çiqariladi. Ammo bu uning kam energiya sarfida yuqori samaradorlikni ta'minlaydi.

Samsung ma'lumotlariga köra, çip yangilangan grafik protsessor va gigabitli LTE-modemga ega böladi. U dunyoda birinçi bölib 6CA (aloqa operatorlari agregatsiyasi)ni qöllab-quvvatlaydi. Exynos 9810 protsessoridagi 6CA modemi 1,2 Gbit/s tezlikda işlaydi. Bu esa Samsung kompaniyasining 5G-tarmoqlariga tayyorgarligi jarayonida yuqori tezlikda ma'lumotlarni yuklaşni kafolatlaydi.












