Jahon | 12:56 / 11.11.2017
23732
2 daqiqa o‘qiladi

Tarvuz sotib olishga kelib oyog‘ini sindirib olgan shaxs 7,5 mln. dollar tovon puli oladi

Foto: Reuters

AQShning Alabama shtatida yashovchi 61 yoshli Henri Uoker Walmart savdo tarmog‘idan yetti yarim million dollarni undirib oldi. Sud maslahatchilari qaroriga ko‘ra, kompaniya bu miqdorni o‘z mijoziga ikki yil muqaddam sindirib olingan oyog‘i uchun to‘lab berishga majbur, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.

Ish materiallariga ko‘ra, Uoker Feniks-Siti shahridagi do‘konga kelgan va peshtaxtadan tarvuzni olmoqchi bo‘lgan. Shu paytda erkakning oyog‘i yerda yotgan yog‘ochli taglikka tiqilib qolgan. Xaridor o‘girilayotgan vaqtida esa yiqilgan hamda oyog‘ini sindirib olgan.

Mijoz hodisada do‘kon ma'muriyatini aybladi va Walmart’dan o‘ziga yetti yarim million dollar mablag‘ to‘lab berishni talab qildi: ikki yarim million moddiy va besh million – ma'naviy zarar uchun. Sud maslahatchilari videokuzatuv kameralariga tasvirlangan holatni ko‘rib chiqishdi, hamda bu taglik boshqa xaridorlarga ham xalaqit berganini aniqlab, jabrlanuvchining da'vosini qanoatlantirishdi.

Walmart vakillari sud qaroriga qarshi shikoyat arizasi bilan chiqishlarini ma'lum qilishdi. Ularning fikricha, tovon puli miqdori sog‘liqqa yetkazilgan zararga mos emas, Henri Uoker esa o‘zining beso‘naqayligi tufayli jabrlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid