Janubiy Koreya sudi mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Kim Kvan Çjinni jamoat fikrini özgartirişga qaratilgan “yaşirin kibertahdidlarga” aloqadorlik ayblovi bilan hibsga oldi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar bermoqda. 

“Seul markaziy okrug sudi 68 yoşli vazir qoçib ketişi mumkinligidan xavotir qilib, uni hibsga olişga order berdi. Kim harbiy jinoyat kodeksiga siyosiy aralaşuvda va mavqeini suiste'mol qilişda ayblanmoqda”, deb aytilgan xabarda.

Sud versiyasiga köra, vazir “kiberfaollik” orqali Janubiy Koreya fuqarolariga ta'sir qilib, ularni avvalgi konservativ hukumatni qöllab-quvvatlaşga undaşga uringan. Jumladan, mudofaa vazirligi zobitlarga internetda Janubiy Koreyani 2008 yildan 2013 yilgaça boşqargan sobiq prezident Li Men Bakni qöllab-quvvatlovçi izohlar qoldiriş topşiriğini yuklagan. 

Sud, şuningdek, Kimning sobiq örinbosari Lim Kvan-binni korrupsiya va Kimga qöyilayotgan ayblovlar böyiça hibsga olgan. U “kiberjinoyatlarga aloqador bölgan amaldorlardan biridan “otkat” olganlikda gumon qilinmoqda.