Yevropada kunning yana bir uçraşuvi Bazelda bölib ötadi. Şveytsariya Rossiya yöllanmasini rasmiylaştiriş (yoki 99.9 foizlik imkoniyatni qöldan çiqarib yuboriş) yölida Şimoliy Irlandiya terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. 

Şveytsariya – Şimoliy Irlandiya
Boşlaniş vaqti: 12 noyabr, 22:00
Stadion: «Sent-Yakob Park» (Bazel, Şveytsariya)
Boş hakam: Feliks Brix (Germaniya)

Pley-offning birinçi uçraşuvida Şimoliy Irlandiya Şveytsariyani öz uyida qabul qilişiga qaramasdan, mağlubiyatga (0:1) uçradi. Qaysidir ma'noda bu natija ham javob uçraşuviga bölgan qiziqişni kamaytirgan bölişi mumkin. Köpçilikning fikriga köra bu uçraşuvda ham intrigadan köra rasmiyatçilik köproq. Çunki Şveytsariya Rossiyaga boriş uçun juda yaqin turibdi.

Birinçi uçraşuvda Şveytsariya terma jamoasi penaltidan kiritilgan gol evaziga ğalaba qozongan bölsada, umuman bu uçraşuvda ğalaba qozonişga munosibroq edi. Jamoaning JÇga çiqişni köproq xohlayotgani ham körinib turgandi. Şimoliy Irlandiya terma jamoasi esa öz uyida öynaşiga qaramasdan, afsuski JÇga da'vogarlik qilayotgan terma jamoa öyinini körsata olmadi. Ayniqsa jamoaning öyindagi statistikasi juda xunuk köriniş oldi. Bu haqda quyida berilgan faktlarda eslab ötilgan.

Uçraşuv oldi qiziqarli faktlar

Saralaş bosqiçining guruh bahslarida Şveytsariya öz uyida ötkazgan barça beşta uçraşuvda ham ğalaba qozongan.

Ikki jamoa örtasidagi birinçi uçraşuvda Şimoliy Irlandiya terma jamoasi futbolçilar gol uriş uyoqda tursin, darvoza tomon birorta aniq zarba bera olmagan.

Şveytsariya terma jamoasi öz uyida sönggi marta rasmiy uçraşuvlarda 2014 yilning sentabrida mağlubiyatga uçragan.

Şimoliy Irlandiya terma jamoasi saralaş bosqiçining guruh öyinlarida San-Marino va Ozarboyjon mehmoni bölgan öyinlardagina raqib darvozasiga gol ura olgan, xolos

Taxminiy tarkiblar:
Şveytsariya: Zommer, Lixtştayner, Şyor, Akandji, Rodriges, Çaka, Zakariyo, Şaqiri, Tsuber, Jyemaili, Seferoviç.  
Şimoliy Irlandiya: Makgovern, K.MakLaflin, Makauli, J.Evans, Brant, Norvud, Devis, Sevill, Madjyennis, Uord, Lafferti.

Nima kutiş mumkin?