Italiya terma jamoasi JÇ-2018 saralaşining guruh bosqiçida ikkinçi örinni egalladi va  Rossiyada ötkaziladigan jahon çempionatidan qolib ketmasligi uçun Şvetsiya tösiğidan ötişi kerak böladi. Juma oqşomida ötkazilgan birinçi uçraşuvda italyanlar 0:1 hisobida mağlub bölişdi. Quyida Jampero Ventura jamoasidagi asosiy muammolarni körib çiqamiz.

Italiya terma jamoasi inqirozdami?

Albatta inqiroz mavjud. Nafaqat natijalar, bunday tarkib bilan «adzurra» jahon çempionatiga töğridan-töğri çiqişi kerak. Italyanlar hozirda öziga xos öyin uslublarini yöqotişgan, şu bilan birgalikda zamonaviy futbol ham namoyiş etişmayapti. Natijada, heç qanday öziga işonç yöq, Şvetsiya bilan birinçi öyin natijasi ham buni isbotladi.

Yomon öyin sababi nimada?

Odatda hamişa murabbiyni ikki narsada ayblaşadi: notöğri taktika va tarkibni tanlaşdagi xato siyosat. Janpero Venturaga Italiya terma jamoasidagi faoliyati uçun ikkilanmasdan ikki qöyiş mumkin.

Ventura qanday taktik özgarişlar qildi?

4-2-4 va 4-4-2 sxemalarini qöllaş. Italiya yoşlar terma jamoalari 4-3-3 sxemasi böyiça öynab kelişadi, A Seriya jamoalari ham 4-3-3, 3-5-2, 4-3-1-2 va 4-3-2-1 sxemalaridan foydalanişadi. 

Hatto Luidji Delneri – Sakki maktabining oxirgi ritsari ham 4-4-2 sxemasidan voz keçgan. Çunki futbolçilar terma jamoa yiğiniga kelgaç, boşqa sxemaga moslaşa olişmaydi, murabbiy qisqa muddatli yiğin vaqtida barça talablarini bajartira olmaydi. Bunga faqat Konte qodir edi, ammo öşanda futbolçilar butunlay boşqaça maşğulotlar ötkazişar, ular bor kuçini maydonda taşlab, klublarga bir ahvolda qaytişardi.

Yarim himoyaçilar 4-4-2 sxemasiga moslaşişi nega qiyin keçadi?

Bunday sxemada raqiblar qanot futbolçilari ortga qaytaverişi şart bölmagani uçun hujumda son jihatdan ustunlikka ega bölişadi. Italyanlar könikkan uslubda mediano - himoyadan çiqişga javobgar amplua va ikki medzallar (yana yarim himoyaçilar) bor. Medzallar sal oldinroqda harakatlanişadi va turli vazifalarni bajarişlari mumkin. Jumladan, simmetrik öyin quriş (buning evaziga pozitsion hujumlar uçun turli variantlar hosil qilinadi), şuningdek, pressingni keng olib boriş.

Markazda ikki yarim himoyaçi qolar ekan, ular universallar bölişi talab etiladi – xuddi Raykard va Ançelotti kabi. Bu Sakki nazariyasidagi asosiy qoida edi, öşanda Italiyada 4-4-2 ilk marta qöllana boşlangan. Ventura esa buni hisobga olmadi va uning jamoasida örta çiziq boşqalaridan ajralib qolmoqda.