Qirğizistonning davlat qarzi yil boşidan buyon 301 million AQŞ dollari (+7,4 foiz)ga oşib, 4 milliard 367 million dollarga yetgan. Qirğiziston moliya vazirligi tomonidan tarqatilgan ma'lumotlarga asoslanib, «Akçabar» xabar bermoqda.

Bölib hisoblanganda bu quyidagiça körinişga ega: taşqi qarz yil boşidan buyon 225,4 million dollar (6 foiz) ga oşib, 3 milliard 968 million dollarga yetgan, içki qarz esa 76 millionga oşgan (+23 foiz) va 398 million dollarni taşkil etmoqda.

Qirğiziston eng köp Xitoyning «Eksimbank»idan qarzdor — 1,63 milliard dollar (davlat qarzi umumiy summasining 37 foizi). Ikkinçi örinda Butunjahon banki tuzilmalari (Rivojlaniş xalqaro assotsiatsiyasi va Xalqaro valyuta fondi) — 838 million dollar (uluş 19 foiz). Uçinçi örinda Osiyo taraqqiyot banki — $601 mln. dollar (14 foiz).

Bu moliya taşkilotlaridan olingan qarzlar moliya vazirligi tasnifi böyiça imtiyozli hisoblanadi. «Akçabar»ning hisoblaşiça, agar taşqi qarz mamlakatning har bir mehnatga layoqatli fuqarosiga bölinsa, jon boşiga 1204 dollardan töğri kelar ekan.