Toşkent şahri, Olmazor tumani,  Beşqörğon mavzei (Tansiqboyev-3)da yaşovçi oilaning uç norasida farzandi ketma-ket vafot etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu oilani yaqindan tanigan qöşnilarning sözlariga köra, qizlar qiyma kabob tanovul qilganidan söng qorinda oğriq paydo bölganini aytişgan. Keyin esa oğriq qoldiruvçi dori iste'mol qilişgan.

Biroq biroz vaqt ötgaç, qizlarning ahvoli yanada oğirlaşadi va ulardan birining joni «tez yordam» maşinasida uziladi. Qolgan qizlarning ham ahvoli oğir bölganligi sabab yuqumli kasalliklar şifoxonasiga jönatiladi. Ma'lum bölişiça, ular ham birin-ketin vafot etişgan.

Hozirda yoş qizaloqlar aynan nima sababdan vafot etgani haqida aniq ma'lumotlar yöq. Ularning dori yoki iste'mol qilingan taomdan zaharlangani taxmin qilinmoqda. Tuman prokuraturasi esa mazkur voqea yuzasidan jinoyat iş oçgan.

KUN.UZ muxbiri mazkur fojia tafsilotlarini biliş maqsadida Respublika sanitariya-epidemiologiya xizmatiga murojaat qilganida, markaz xodimasi bu iş böyiça ma'lumot berişdan boş tortdi. Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligi ham voqea yuzasidan aniq ma'lumot bermadi.