Şu yilning 7 dekabr kuni, France Football naşri «Oltin töp» sovrinini topşiriş marosimini ötkazadi.
Unga 30 nafar futbolçi da'vogarlik qilyapti. Ularning orasida Kriştianu Ronaldu, Lionel Messi va Neymarning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Yaqinda, ijtimoiy tarmoqlarda France Football jurnalining «Oltin töp»ga bağişlangan soni muqovasi surati tarqalib ketdi. Unga köra, bu yilgi sovrinni «Barselona» hujumçisi Lionel Messi qölga kiritadi. Suratning haqiqatga qançalik yaqin ekani ma'lum emas.











