Özbekistonning “Ravon” brendi 2017 yil boşidan noyabr oyi boşiga qadar Rossiyada 11477 ta yengil avtomobil sotdi hamda ötgan yilga nisbatan 1150 foizlik savdolar  ösişini namoyiş qildi. Bu esa yengil maşinalar toifasida raqobatning kuçayişiga sabab bölişi mumkinligi ta'kidlanmoqda. Bu haqda citytraffic.ru sayti xabar bermoqda.

Rossiyada yangi yengil va yengil tijorat maşinalarining 2017 yil yanvar-oktabr oylaridagi savdosi natijalariga köra, Ravon brendi hattoki savdolar yetakçilarining öntaligiga ham kirmagan. Biroq yetakçilardan birortasi 2016 yilga nisbatan Ravon kabi bunday “portlovçi” ösişni namoyiş qila olmagan.

Bu nimadan darak bermoqda? Ta'kidlanişiça, 2016 yilda rossiyalik avtohavaskorlar bir qator sabablarga köra Ravon maşinalarini sotib olişga şoşilişmagan. Rossiyada uşbu markaning deyarli rasmiy dilerlari bölmagan. Maşinaga haq tölab, u Özbekistondan olib kelingungaça ma'lum muddat kutişga töğri kelgan. Şuningdek, bu maşinalarga xizmat körsatiş joylari deyarli bölmagan. 2017 yilda esa vaziyat tubdan özgardi: Ravon maşinalarini xarid qiliş osonlaşdi va ularni ta'mirlaş joylari ham paydo böldi. Buning natijasida savdolar ösdi.     

Ravon’ning arzon maşinalar segmentidagi yetakçiligini yaqin yillarda “AVTOVAZ” bartaraf qilişga urinib körişi mumkin. Zavod gaplarga qaraganda, öta arzon avtomobil tayyorlamoqda va bu maşina bugungi kunda Rossiyadagi barça avtomobil zavodlaridan çiqayotgan maşinalardan eng arzoni böladi.

Yana bir qiziq holatni qayd qilib ötiş mumkin: Ravon savdosining ulkan ösişi ortida qolgan xorijiy avtomobil işlab çiqaruvçilar öz pozitsiyalarini sezilarli yöqotdilar. Misol uçun, Mercedes va Land Rover 2016 yilning şu davriga nisbatan 3 foiz kamroq, Audi – 20 foiz, Porsche – 8 foiz, Toyota 2 foiz kamroq maşina sotgan. 

19 oktabrda Moskvada Ravon brendining dilerlari anjumani bölib ötgan. Uşbu anjuman Ravon’ning Rossiyadagi 2 yillik faoliyatiga bağişlab ötkazilgan.

Anjumanda savdolar natijalari, kompaniyani rivojlantirişning uzoq muddatli strategiyasi, keyingi yilga rejalar muhokama qilingan. Jumladan, anjumanda “Ravon Motors Rus” boş direktori Şarof Aşurov joriy yil oxirigaça Rossiyada 15 mingta maşina sotiş rejalaştirilayotgani, brendning dilerlik tarmoği esa 80 dan köproq 
korxonani taşkil qilayotganini qayd qilib ötgan.

Şuningdek, kompaniya Moskva va Novosibirskda brend maşinalari uçun ehtiyot qismlar saqlaş omborlarini taşkil qilmoqçiligi, ehtiyot qismlarni onlayn va oflayn sotiş nuqtalarini rivojlantirmoqçiligi ta'kidlab ötilgan.