AQŞning Yaqin Şarqdagi siyosati mintaqada tinçlik va barqarorlik örnatilişiga yordam bermaydi. Turkiya boş vaziri Binoli Yildirim şunday bayonot bilan çiqdi.
Qöşma Ştatlar Turkiyada taqiqlangan Kurdiston işçilar partiyasi bilan boğlanuvçi Suriya kurdlariga harbiy kömak bermoqda. Bu esa Vaşington va Anqara örtasidagi munosabatlarning taranglaşuviga sabab bölmoqda.
"Mark-leninça yönalişdagi bu kurd guruhlarining barçasi Turkiya milliy xavfsizligiga töğridan-töğri tahdid soladi. Biroq AQŞ IŞID terrorçilariga qarşi kuraşda aynan ular bilan hamkorlik qiladi. Vaşingtonning hozirgi siyosati mintaqada tinçlik va barqarorlik örnatiş uçun xizmat qiladi, deb öylamayman", - dedi Yildirim AQŞga taşrifi böyiça CNN telekanaliga bergan intervyusida.
U şuningdek AQŞning Eronga nisbatan siyosatini ham tanqid qildi. "AQŞning Donald Tramp boşçiligidagi yangi hukumati yadroviy dastur böyiça şartnomani bekor qilişga harakat qilib, Eronga qarşi çiqişga moyillik bildirmoqda. Vaşington yuridik jihatdan buning uddasidan çiqadi, deb öylamayman, zero gap köp tomonlama kelişuv haqida bormoqda", - dedi Turkiya boş vaziri. Bundan taşqari, Yildirim Yevropa davlatlari Trampning Eronga nisbatan pozitsiyasini qöllab-quvvatlamasliklarini ta'kidladi.












