12 noyabrga ötar keçasi özbekistonlik boksçi Şohjahon Ergaşev professional boksdagi özining ön birinçi jangini ötkazdi. 

Nyu-Yorkdagi boks arenasida u amerikalik Markes Hautornga qarşi ringga çiqdi va 2-raundning özidayoq raqibini nokaut qilişga erişdi. 

Avvalgi ön jangda ham barça raqiblarini nokautga uçratgan Şohjahon Ergaşev  ikkinçi raunddayoq amerikalik boksçini nokautga uçratdi va hisob böyiça ön birinçi jangini ham muddatidan oldin yakunlaşga muvaffaq böldi.