Özbekistonlik professional boksçi Şohjahon Ergaşev faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 30 yoşli çarm qölqop ustasi bu haqda «instagram»dagi sahifasida ma’lum qilgan.

«Uzoq vaqt uyda bölmadim va otam meni uyga kelişimni söradi. Otam bilan juda ham köp suhbatlaşdik, oz bölsa ham bosib ötgan yöllarimizni yodga oldik. Men 29 yoşdaman va bugun birinçi marotaba otam sportdagi faoliyatimni yakunlaşimni söradi. Hamma narsani boşi va oxiri bölganiday sport ham abadiy emas. Meni qöllab-quvvatlagan barçaga öz minnatdorçiligimni bildiraman! Men hayotimda yangi sahifa oçyapman! Boksni butkul taşlamayman va bir kun yana ringda bölsam, faqatgina özim uçun ringda bölaman. Özimni yangi sohada sinab köraman, ammo bu sport sohasi emas. Barçaga omad!», - deya yozadi Şohjahon Ergaşev.

Foto: Şohjahon Ergaşev 

Eslatib ötamiz, özbekistonlik 30 yoşli boksçi 11 dekabr kuni professional boksning super yengil vazn toifasida özining 21 jangini tailandlik Aekkaueye Kaumanega qarşi ötkazib, nokautga uçratgan holda muddatdan avval mağlub etgandi. Şohjahon Ergaşev professional boksdagi 21 jangining barçasida ğalaba qozongan, 19 marta raqibini nokautga uçratgandi.