2017 yilning 28 sentabr kuni taxminan soat 19:00 larda, noma'lum şaxs, özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş maqsadida, Yakkasaroy tumanida joylaşgan köp qavatli uyning oldida, fuqaro U.N.ga tegişli bölgan, qarovsiz qoldirilgan “Lasetti” rusumli avtomaşina eşigi oynasini sindiriş yöli bilan oçib, uning salonidan 250.000 sömlik mol-mulki, 300 AQŞ dollari miqdoridagi pullari hamda muhim şaxsiy hujjatlarini egallab olgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (öğirlik, ya'ni özganing mol-mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş) va 227-moddasi 2-qismi “a” bandi (muhim şaxsiy hujjatlarni egallaş) alomatlari bilan jinoyat iş qözğatilgan edi.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan A.J. sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.











