Microsoft asosçisi Bill Geytsning investitsion kompaniyalaridan biri Belmont Partners Arizona ştati poytaxti Finiksdan maşinada taxminan 45 daqiqalik masofa uzoqlikda joylaşgan yer maydoni sotib oldi. Uşbu şartli joy Belmont deb ataladi.

Yer maydoni 10 ming gektarni taşkil qiladi va Belmont Partners firmasi hujjatlariga köra, bu kimsasiz yerda “aqlli şahar” barpo etilmoqçi. Yer Finiksni La-Vegas bilan boğlovçi trassa yaqinida joylaşgan.

Belmont yuqori tezlikdagi raqamli tarmoqlar, ma'lumotlar markazlari, yangi işlab çiqariş texnologiyalari va distributsiya modellari, avtonom transport va avtonom logistik xablar atrofida işlab çiqilgan ilğor texnologiyalarni qöllovçi infratuzilma  va kommunikatsiyalardan iborat hamjamiyatni yaratadi, deb aytilgan Belmont Partners matbuot xizmatida. 

Yer maydonining oltidan bir qismi ofislar va tijorat muassasalariga, yigirmadan biri esa maktablarga ajratiladi. Hududda 80 mingga yaqin uy va kvartiralar barpo etiş rejalaştirilmoqda. “Aqlli şahar” qurilişi qaçon boşlanişi hozirça noma'lum.