Farğonada Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Islom huquqi maktabi taşkil etildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

Diniy ma'rifat azaldan jamiyatda ma'naviy-axloqiy tarbiyaning muhim qismi bölib kelgan. Bugungi globallaşuv davrida aholi, ayniqsa, yoşlarni turli buzğunçi ğoyalar ta'siridan asraş, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, ma'naviyatni yuksaltiriş, ayni paytda jahon ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qöşgan, xalqni ma'rifatga boşlagan buyuk allomalar merosini örganiş, tarğib etişga alohida e'tibor qaratilmoqda. 

Davlat rahbari joriy yil 15 iyun kuni poytaxtda “Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaş, muqaddas dinimizning sofligini asraş – davr talabi” mavzusida ötkazilgan anjumanda sözlagan ma'ruzasida bu masalaga ustuvor ahamiyat qaratdi. Islom madaniyatiga, umumbaşariy sivilizatsiyaga benazir hissa qöşgan buyuk ajdodlarimizning diniy-ma'naviy merosini örganişga ixtisoslaştirilgan Samarqandda – Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisşunoslik, Imom Moturidiy markazi qoşida kalom ilmi, Farğonada – Marğinoniy ilmiy markazida islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqşband markazida tasavvuf, Qaşqadaryoda – Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabini taşkil etiş haqidagi taşabbusini barça katta mamnuniyat bilan kutib oldi. 

– Ta'lim va ma'rifat başariyat farovonligining asosiy omillaridan bölib, insonlarni ezgulikka da'vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bölişga undaydi, – deydi Islom huquqi maktabi rahbari, Özbekiston musulmonlari idorasining Farğona viloyatidagi vakili T.Erbötayev. – Buyuk bobolarimizning boy merosini örganiş va uni keng tarğib etiş biz, diniy ulamolar, imom-xatiblar zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yangi iş boşlagan mazkur Islom huquqi maktabida viloyatimizdagi imom-xatiblar, noiblarga Burhoniddin Marğinoniy kabi allomalarimizning asarlari çuqur örgatiladi. Maktabda tinglovçilar uçun barça şaroit yaratilgan.