12 noyabrda Filippin poytaxti Manilada Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasiga (ASeAN) a'zo davlatlar yetakçilari AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşişdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Uçraşuvda Filippin prezidenti Rodrigo Duterte Janubiy Xitoy dengizi böyiça ziddiyatlar borligiga qaramasdan, yetakçilar bu masalani muhokama qilmasliklari kerakligini aytgan.

“Biz döst bölişimiz kerak, biroq ba'zi “qaynoq boşlar” köplab masalalar böyiça bizni Xitoy va qolgan dunyo bilan töqnaştirib qöyişni istamoqda. Janubiy Xitoy dengiziga yaxşisi tegmaslik kerak, heç kim uruşga borişga öziga ijozat bermasligi lozim”, deb aytgan Duterte. 

Tramp bundan avval Vetnamga taşrifi vaqtida Janubi-Şarqiy Osiyoning 5 ta davlati hamda Xitoy örtasida Janubiy Xitoy dengizidagi orollarga egalik qiliş bahsida vositaçilik qilişni taklif qilgandi.

Tarkibiga Xitoy, Rossiya, Yaponiya, Kanada, Janubiy Koreya, Hindiston, Avstraliya va Yangi Zelandiya kiruvçi ASeAN yetakçilari birgalikdagi keçki ovqatga taşrif buyurişgan. U yerda ularning köngillarini raqqoslar va qöşiqçilar çoğ qilişgan. Ma'lum qilinişiça, tadbir davomida Duterte sahnaga çiqib, qöşiqçi Pilita Korrales bilan duyetda qöşiq ijro etgan. Duterte bu çiqişidan keyin Trampga xuşomad qilib, bu qöşiqni “AQŞ boş qömondoni”, ya'ni Tramp körsatmasi bilan” ijro etganini aytgan.   

Tramp Manilada 2 kun böladi va söngra Osiyo böylab turnesini yakunlaydi. U bu turnesi davomida şuningdek Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Vetnamda böldi.