Atlantika okeanidagi Uollops orolida joylaşgan kosmodromdan keça parvoz qilgan Cygnus kemasi qurilma va kiyim-keçaklardan taşqari, XKSga fazogirlar sevib iste'mol qiluvçi narsalarni ham yetkazib beradi.

Xususan, gap ekipajning amerikalik a'zolari uçun muzlatilgan mevali şirinlik, vanilli va şokoladli muzqaymoq, hamda hattoki pitssa haqida ketmoqda. Pitstsa koinotga italiyalik Paolo Nespoli uçun olib boriladi.

— Pitstsa va muzqaymoq tez orada yetkaziladi! Buni intiqlik bilan kutmoqdamiz, - deya yozdi amerikalik astronavt Josef Akaba "tvitter"dagi sahifasida.

XKS uçun yukka ega bölgan Antares raketasi bir sutkalik keçikiş bilan parvozga çiqdi. Bunga uçiş maydonçasi hududida samolyotning paydo bölişi sabab bölgan. U qirğoqdan ön kilometr masofada, 150 metrlik balandlikda uçib ötdi.

Tutaştiriş rejasiga köra, astronavtlar Cygnus’ni robotlaştirilgan manipulyator-qöl yordamida "tutib olişadi". Kema şu holatda stansiyaga birikkan tarzda uç hafta davomida qoladi.