Angliyaning Ipsviç şahridagi boşlanğiç maktablardan birining rahbariyati bolalarni köçada hattoki kuçli yomğir vaqtida öynaşga majbur qilişi ba'zi ota-onalarning tanqidiga sabab böldi. Bu haqda The Telegraph naşri xabar bermoqda.
Gap Paradigm Trust maktabida joriy qilingan çiniqtiriş öyinlari haqida ketmoqda. Maktab direktori Ben Karterning aytişiça, yomğir ostidagi öyinlar bolalarni rivojlantirişda normal hisoblanadi. Biroq hamma ota-onalar ham uning bu fikriga qöşilişmagan.
“Bu jirkançdir. Ularni jala vaqtida sayr qilişga majbur qilişgan. Men itimni ham bunday ob-havoda köçaga çiqarmayman. Ular butun kun jiqqa bökkan va sovqotgan holda bölişgan”, deb aytgan bolalardan birining onasi.
Yana bir ona Facebook’da bolalarni mayda yomğir vaqtida sayr qildirişlariga qarşimasligini, biroq jala vaqtida bolalarni köçaga çiqarişganda “ota-onalar ğazablanişlarini” yozgan.
Maktab direktori ota-onalardan hammani ham maktabdagi qoidalar özgarganidan ogohlantirmagani uçungina uzr söragan. U barça ota-onalarni farzandlarini maktabga “kuzgi ob-havoga mos holdagi poyabzal va kurtkalarda yuborişga” çaqirgan.
“Avvalgi avlodlarga nisbatan hozirgi bolalar köp vaqtlarini ekranlarga tikilgança, uylaridan çiqmagan holda ötkazadilar. Ulardan köpçiligi unça-bunçaga özlarini urintirmaydilar”, deb aytgan maktab direktori va kelgusida “yomon ob-havo şaroitida” bolalarga xonalarda öynaşga imkoniyat berilişiga va'da bergan.












