Angliya Premer-ligasida Yangi yil kirib kelişi va uning dastlabki kunlarida an'anaviy ravişda Boxing Day kunlari ötkaziladi va unda qisqa kunlarda bir yöla uçta tur uçraşuvlari bölib ötadi.
VVS naşri ziç grafik vaqtlarini hisoblab çiqdi va öşa muddatda eng tiğiz taqvimda öynaydigan jamoalarni aniqladi.
Unga köra, Boxing Day va undan oldingi tur — 23 dekabrdan 1 yanvarga qadar jamoalar törttadan uçraşuv ötkazişga ulguradi. Eng tiğiz taqvim «Lester»da kuzatiladi. Jamoa «Mançester Yunayted», «Uotford», «Liverpul» va «Haddersfild»ga qarşi öyinlarni 213 soat içida ötkazadi.
Bu borada biroz omadi kulgan jamoa «Arsenal» bölib turibdi — jamoa tört uçraşuvni 290 soat içida ötkazadi «Çelsi» esa 263 soat içida bu vazifani bajaradi. Şuningdek «Brayton», «Byornli» va «Bornmut»da ham vaziyat jiddiyroq. Ular tört öyinni 215 soat içida ötkazişlari kerak böladi.












