Özbekiston Respublikasi prezidentining şu yil 2 sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni davlatning moliya-iqtisodiyot bozorida jismoniy va yuridik şaxslarga erkin valyuta ayirboşlaş imkonini berdi.

Bugungi kunda bozorlar, aeroport va temir yöl vokzallarida, bank muassasalari şoxobçalarida aholi va tadbirkorlik sub'yektlari xorijiy valyutalarni ayirboşlaşlari uçun iş tartibi joriy etilgan. Ammo şunday imkoniyatlarga qaramasdan, belgilangan qonun-qoidalarning ayrim şaxslar tomonidan buzilişi holatlari hamon uçrab turibdi. Xususan, Yangiyöl tuman hududida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Abror Meliyev (ism-familiyalar özgartirilgan) 100 AQŞ dollarini sotayotgan vaqtda qölga olindi. Bundan taşqari, A.Meliyevning yonida yana 50 AQŞ dollari, 1000 qozoq tengesi, 1 mln. 400 ming söm borligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olinib hujjatlaştirildi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

Çinoz tumanidagi Yallama QFY hududida ötkazilgan tezkor tadbirda esa şu yerda istiqomat qiluvçi fuqaro Dilşod Jörayev 100 ming qozoq tengesini fuqaro Şahlo Komilovadan 2 mln. 450 ming sömga sotib olayotgan vaqtda qölga olindi.

Uşbu holatlar böyiça Yangiyöl tuman ma'muriy sudi tomonidan aybdorlarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.