Keçagina hamma joyda Samsung va Apple smartfonlari edi, bugun esa Xiaomi'ga qiziqib qolganlar soni talaygina. "Layfxaker" mazkur fenomenni örganib, bu smartfonlar maşhurligiga doir beş sababni aniqladi.
1. MIUI operatsion tizimi
Xiaomi dastavval Android asosida öz dasturiy ta'minotini işlab çiqqan softver startap bölgan. MIUI yetti yillik tarixi davomida Android ekotizimidagi eng mukammal muqobilga aylandi.
MIUI'ning asosiy xususiyatlaridan biri - uning ajoyib interfeysi. Bugungi kunga kelib, bu foydalanişda yoqimli bölgan eng körkam qoplamdir. Bundan taşqari, har bir foydalanuvçi uning taşqi körinişini öz didiga qarab özgartirişi mumkin.

Biroq MIUI faqatgina dizaynerlarning ajoyib mehnat samarasi bilangina maşhur emas. Xiaomi dasturçilari ham öz işi ustida juda yaxşigina ter tökişgan. Mazkur operatsion tizim tarkibiga oddiy Android'da bölmagan köp qulay buyumlar kiradi. Gap unga örnatilgan antivirus, qöşimça iş maydoni, ilovalarni klonlaş, sensor yordamçi, energosamarali profillar va faqat Xiaomi telefonlari maqtana oladigan köplab boşqa optsiyalar haqida bormoqda.
2. Yangilanişlar
Xiaomi kompaniyasi öz smartfonlarining dasturiy ta'minotini takomillaştiriş ustidagi işlarni bir kunga ham töxtatmaydi.
MIUI ikki işlab çiqariş tarmoğiga ajraladi: barqaror va işlab çiqaruvçilar uçun. Barqaror proşivkalar taxminan oyda bir marta yangilanadi, işlab çiqaruvçilar versiyasi esa har hafta yangilanadi. Ularda dasturiy ta'minot faoliyatidagi xatolar töğirlanadi, yangi funksiya va imkoniyatlar qöşiladi.
Barça firmalar ham bunday ta'minot bilan maqtana olmaydi. Boşqa işlab çiqaruvçilarning smartfonlari odatda taqdimotdan söng ikki oy içida nisbatan qöpol xatolarni bartaraf etuvçi bir neça patçga ega böladi, şundan keyin dasturçilar nisbatan yangi modellarga ötişadi.
3. Avtonomlik














