Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlaştirilgan tizimini jadal joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga şarh e'lon qilindi.
Elektr va gaz ta'minoti sohasidagi tizimli muammolarni samarali hal etmasdan turib iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş, işlab çiqariş va xizmatlar sohasini kengaytiriş, işçanlik faolligi va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, şuningdek, aholining hayot darajasi va farovonligini yuksaltiriş mumkin emas.
Şu munosabat bilan, keyingi yillarda respublikada elektr va gaz ta'minoti tizimining infratuzilmasini rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş, energiya resurslari iste'molini hisobga oliş va nazorat qiliş samaradorligini oşiriş masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Ta'kidlaş joizki, hozirgi kunda nazorat va hisobga olişning samarali tizimi mavjud emasligi sababli elektr va gaz ta'minoti korxonalari faoliyatida doimiy oşib boruvçi qarzdorlik yuzaga kelişiga, energiya resurslari yetkazib berişda muntazam uzilişlarga va tarmoq korxonalarining oğir moliyaviy ahvoliga olib kelgan köplab jiddiy kamçiliklar töplanib qolgan.
Elektr va gaz ta'minoti korxonalari nazoratçilarining harakatsizligi hamda ular örtasida suiiste'molçilik holatlarining keng tarqalganligi yuzaga kelgan vaziyatning asosiy sabablari hisoblanadi. Qarzdorlikning yirik miqdori va uni undiriş uçun zarur xodimlarning mavjudligiga qaramasdan, «Özbekenergo» AJ va «Öztransgaz» AJ korxonalari tomonidan yetarli darajadagi undiruv ta'minlanmagan.
Elektr uzatiş liniyalari va gaz quvurlarini kompleks modernizatsiya qiliş borasida yetarli işlar amalga oşirilmagan.
Köp yillar davomida energiya resurslari iste'molini nazorat qiliş va hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimini (ENHAT) joriy etiş böyiça bir neça bor çoralar körilgan bölsada, mazkur yönalişdagi heç bir loyiha yakuniga yetkazilmagan, bu, öz navbatida, energiya resurslari iste'molining haqqoniy hisobi va nazoratini taşkil etişga, şuningdek, talon-taroj holatlari va boşqa huquqbuzarliklarning oldini olişga juda salbiy ta'sir qilgan.
Masalan, energiya resurslari abonentlari umumiy sonining atigi 2,6 foizi ENHATda işlaydigan elektr energiyasini hisoblaş uskunalari bilan jihozlangan, 40 foizi taşqi ta'sirdan himoyalanmagan eskirgan hisoblaş uskunalaridan foydalanadi, 48 foizi ENHATga mos kelmaydigan turli modifikatsiyadagi hisoblaş uskunalariga ega, şuningdek, 9,4 foizida energiya resurslarini hisoblaş uskunalari mavjud emas.
















