2017 yilning 14-17 noyabr kunlari Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi hukumat delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga taşrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Taşrif davomida Myunxen şahrida Bavariya Federal yeri boş vaziri Horst Zeyehofer va boşqa rasmiy şaxslar bilan uçraşuvlar ötkaziş kutilmoqda.
Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasi Germaniya iqtisodiyotining Şarqiy qömitasi va Germaniya-Özbekiston işbilarmonlar kengaşining majlislarida iştirok etadi, KfV Germaniya taraqqiyot banki va GFR yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar ötkazadi hamda Özbekiston bilan hamkorlik örnatişga qiziqiş bildirgan ba'zi yirik zamonaviy korxonalarga taşrif buyuradi.
Bölajak Özbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida va taşrif yakuniga köra, iqtisodiyot va investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirişga qaratilgan qator hujjatlar imzolanişi kutilmoqda.











