Apple kelasi yili uçta ayfonni taqdim etadi, hamda ularning har biri iPhone X’ga öxşaş böladi. Bu haqda MacRumors naşriga KGI Securities tahlilçisi Min-Çi Kuo aytib ötdi.

Uning fikriga köra, barça uç devays ramkasiz displey, çetlarida metall ramkalar hamda True Depth kameralar tizimiga ega böladi. Qurilmalardan eng ixçamiga 5,8 dyuymli displeyga ega dastlabki model aylansa, şartli iPhone X Plus’ning ekrani 6,5 dyuym böladi.

Uçinçi qurilma esa model qatoridagi eng hamyonbop smartfonga aylanadi. U OLED-panellar bilan jihozlanuvçi qolgan versiyalardan farqli ravişda, 6,1 dyuymli TFT-LCD displeyga ega böladi. Bunday smartfon uçinçi dunyoning rivojlanayotgan bozorlariga möljallangan. Min-Çi Kuoning prognoziga köra, uning qiymati 750 dollar atrofida böladi.

Foto: MacRumors

Tahlilçining fikriça, 2018 yilda Apple devayslarni öz vaqtida yetkazib berişni ta'minlaydi, sababi bu vaqtga kelib OLED-displeylarga ega smartfonlar işlab çiqariş böyiça tajribani töplab oladi.