Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan 14 noyabr kuni Kuvaytga keldi. Bu haqda “Anadolu” xabar bermoqda.

Turkiya yetakçisi Kuvayt xalqaro aeroportida mamlakat boş vaziri örinbosari va TIV rahbari şayx Sabox Al-Xolid al-Sabox, Turkiyadagi elçi Hasan Az-Zavavi, Turkiyaning Kuvaytdagi elçisi Oyşa Hilol Sayon Köytak va boşqalar tomonidan kutib olindi.

Erdöğanga Kuvayt taşrifi davomida rafiqasi Amina Erdöğan, Turkiya Qurolli kuçlari Boş ştabi rahbari Xulusi Akar, adliya vaziri Abdulhamid Gul, TIV rahbari Mavlud Çovuşöğli, iqtisodiyot vaziri Nihot Zaybekçi, energetika va tabiiy resurslar vaziri Usmon Oşkin Bak, oziq-ovqat, qişloq xöjaligi va çorvaçilik vaziri Ahmad Aşraf Foqibobo, madaniyat va turizm vaziri Nö'mon Qurtulmuş, örmon xöjaligi va suv resurslari vaziri Veysel Eröğli hamda transport, kemasozlik va kommunikatsiyalar vaziri Ahmad Arslon hamrohlik qilmoqda.