iPhone X egalari smartfonning yana bir kamçiligidan şikoyat qilişdi. Odamlar qönğiroq dinamikasidagi şovqin hamda tovuşning haddan ziyod balandiligi haqida ma'lum qilişdi. 9to5mac.com şu haqida xabar berdi.
Sentyabrda iPhone 8 smartfonida ham şunga öxşaş muammo aniqlangandi. Öşanda Apple'da tovuş bilan boğliq muammoni navbatdagi yangilanişda töğirlaşga va'da berişgandi.
Bundan avval iPhone X egalari displeyning çap tomonidagi yaşil rangli vertikal çiziqni payqaşgan edi. Smartfonni qayta işga tuşiriş va zaxiradan qayta tiklaş jarayoni muammoni bartaraf eta olmadi. Smartfon sohiblari uning jismoniy ta'sirga yöliqmagani va polga tuşmaganini ta'kidlaşmoqda.
Şu bilan birga, sensor bilan boğliq muammo haqida aytildi - smartfon ekrani sovuq havoda barmoq bilan bosişlarga javob bermagan. Bundan taşqari, u yonib ketiş va boşqa vizual özgarişlarga moyilligi aytilmoqda. Apple bu muammoni kelgusi dasturiy ta'minotida tuzatişga harakat qiladi.
iPhone X 3 noyabr kuni sotuvga çiqdi. Flagmanning kenja modeli AQŞda 999 dollarga sotilmoqda.

















