Milliy xavfsizlik xizmati valyuta savdosi bilan noqonuniy şuğullanuvçilarni aniqlaş va ularning faoliyatiga çek qöyiş böyiça bir qator çora-tadbirlarni amalga oşirişda davom etmoqda. Natijada, bugungi kunda, agar zarur bölsa, fuqarolar heç qanday hujjat taqdim etmasdan, istalgan bank bölinmasida valyutani erkin almaştirişi yoki sotib olişi mumkin. Şu bilan birga, bozorlar va kişilar gavjum böladigan joylarning katta qismi valyutafuruşlarning “joyi” bölişdan töxtadi. Ular nafaqat fuqarolarni aldagan, balki mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli darajada zarar ham yetkazgan.
 
Kuni keça tezkor xodimlar qator tadbirlarni ötkazişdi, ular davomida navbatdagi valyutafuruşlar faoliyatiga çek qöyildi. Xususan, MXX tezkor xodimlari Boş prokuratura huzuridagi Departament vakillari bilan birgalikda Farğona viloyati Buvayda tumanida yaşovçi 31 yoşli Asilbek Ğofforovni 5,9 ming AQŞ dollarini 48 mln. 85 ming sömga (bir dollar uçun 8150 sömlik kursda) sotayotgan vaqtida uşlaşdi.

"Bundan taşqari, Jizzaxda 37 yoşli Ikrom Xoliqov 2,2 ming AQŞ dollarini 17,6 million sömga sotib olayotganda qölga olindi. Şuningdek, uning yonidan 28,9 million söm topilib, hujjatlaştirib olindi. Tergovga qadar tadbirlar davomida aniqlanişiça, Xoliqov joriy yilning yanvarida Jizzax şahar sudi tomonidan valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş uçun ma'muriy javobgarlikka tortilgan", - deya ta'kidlab ötdi MXX vakili.

Boş prokuratura huzuridagi Departament uşbu şaxslarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) böyiça jinoiy iş qözğatdi.