Koreya respublikasi apellyatsiya sudi birinçi instansiya sudining Çxve Sun Silga çiqarilgan hukmni öz kuçida qoldirdi. Mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi Çxve Sun Sil qizining Seul universitetiga noqonuniy kirganiga doir iş böyiça 3 yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. Bu haqda Seul oliy sudi xabarida söz yuritilgan, deb yozadi TASS. 

Sud Çxve Sun Sil "Ixva" universiteti rahbariyatiga bosim ötkazganini isbotlangan deb hisobladi. Sun Silning qizi bu OTMga deyarli imtihonsiz qabul qilingan va tahsil jarayonida turli kömaklar olib kelgan. 

Şu bilan bir vaqtda universitetning sobiq prezidenti Kim Gyok Suk va yana ikki nafar öqituvçilarga nisbatan jazo çoralarini ham öz kuçida qoldirdi. Ular bir yarim yildan 2 yilgaça qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. OTMning yana 2 nafar xodimi şartli jazo va jarima bilan çeklanişdi. 

Çxve Sun Sil 2016 yil kuzida mojaro markazida bölib qolgan, keyinçalik bu prezident Pak Kin Xening hokimiyatdan çetlaştirilişiga sabab bölgandi.