Rossiyaning Krasnodar şahrida Argentina va Nigeriya terma jamoalari örtoqlik öyinini ötkazdi.

Birinçi bölimning dastlabki yarmi argentinaliklar ustunligida ötdi. Banega va Agueroning gollaridan söng, "albiseleste" 2 töp farq bilan oldinga ötib oldi.

Şundan söng, öyin yönalişi umuman özgarib ketdi. Birinçi bölimdayoq hisobni qisqartira olgan Nigeriya, ikkinçi bölimda raqibning xatolaridan unumli foydalanib, yana uçta gol urişga muvaffaq böldi. Vaziyatni önglaş uçun qilingan Argentinaning barça harakatlari samarasiz böldi.

Örtoqlik öyini.
Argentina – Nigeriya 2:4 
14 noyabr, «Krasnodar» stadioni

Gollar: 1:0 – 27 Banega, 2:0 – 36 Aguero, 2:1 – 44 Ixeanaço, 2:2 – 52 Ivobi, 2:3 – 54 Idovu, 2:4 – 73 Ivobi. 
Argentina – Markesin, Maskerano, Petstselya (Insua, 80), Otamendi, Lo Çelso (Gomes, 58), Peres, Banega, Di Mariya (Rigoni, 76), Pavon (Perotti, 77), Aguero (Benedetto, 46), Dibala (Belluski, 63).
Nigeriya – Akpeyi (Uzoxo, 46), Balogun (Omeruo, 61), Avazem, Ayna (Idovu, 46), Trost-Ekong, Ndidi, Şexu (Ebeyi, 46), Ogu, Obi Mikel, Ivobi, Ixeanaço (Musa, 70).
Ogohlantiriş: Ixeanaço (17).