14 noyabr kuni oqşomida Zimbabve harbiylari mamlakat poytaxti Xararega tanklar bilan kirişdi va qariyb 40 yildan buyon hukmronlik qilib kelayotgan, 100 yoşida ham davlat rahbari bölib qolişni rejalaştirgan Robert Mugabe hamda uning oilasini hibsga olişdi. Tez orada mamlakat Moliya vaziri Ignatsius Çombo ham isyonçilar qöliga tuşdi. Davlat teleradiokanali qölga olingaç, harbiy davlat töntarişiga boşçilik qilgan harbiylar çiqiş qildi.
Jonli efirda harbiy formadagi ikki zobit bu harakatni «davlat töntarişi» emasligini, prezident va uning rafiqasi hayoti xavf ostida emasligini iddao qilişdi. Ular aholini tinçlanişga çaqirib, zöravonliklar röy bermasligiga işontirişdi.

«Bu hukumatga qarşi harbiy davlat töntarişi emas. Biz xalqni işontirib aytamizki, prezident va uning oilasi xavfsizlikda, biz uni kafolatlaymiz. Biz prezident atrofidagi jinoyatçilarni javobgarlikka çaqiramiz, ularning harakatlari ijtimoiy va iqtisodiy inqirozni keltirib çiqardi», — dedi harbiylar.
Hukumatdagi «Zimbabve Afrika Milliy ittifoqi - Vatanparvarlar fronti» partiyasi bu «millatni soğlomlaştiriş» yölidagi qadam ekanini ma'lum qildi. «Zimbabve ham, partiya ham Mugabega yoki uning rafiqasiga tegişli emas. Bugun yangi era boşlandi», deyilgan partiya bayonotida.
Telekanal orqali çiqiş qilganlardan biri armiya ştabi boşliği, general-mayor S.B.Moyo harbiylar Mugabega emas, uning atrofidagi jinoyatçilarga qarşi ekani haqida gapirdi.
Xarareda vaqti vaqti bilan otişma ovozlari eşitilib turibdi, artilleriyadan öt oçilmoqda.

Bu vaqtda Zimbabvening JARdagi elçisi ham mamlakatida harbiy töntariş yuz berganini inkor etgan.
Zimbabveda siyosiy inqiroz şu oy boşida boşlangandi. 6 noyabr kuni Mugabe vitse-prezident, öz vorisi sifatida qaraluvçi 75 yoşli Emmerson Mnangagvuni jodugarlar yordamida hokimiyatni qölga olişga urinişda ayblab iste'foga çiqarib yuborgandi.
Mnangagva va uning tarafdorlari mamlakatdagi hukmron «Zimbabve Afrika milliy ittifoqi – Vatanparvarlik fronti» partiyasiga qarşi yaşirin guruh yaratiş yöli bilan prezidentni hokimiyatdan çetlatişni rejalaştirişgani ma'lum qilindi. Mnangagvu mamlakatdan çiqib ketişga majbur böldi.


















