Jyenevadagi Christie's auksionda 163 karatli brilliantga ega marjon 33,5 mln şveysar frankiga (33,7 mln dollarga) sotildi. Bu haqda auksion uyi saytida ma'lum qilindi.
Zumrad körinişdagi işlov berilgan brilliant kiçikroq ölçamdagi 18 ta brilliant va noksimon 66 ta zumraddan iborat marjonning örtasiga qöyilgan. Uşbu marjon de GRISOGONO zargarlik uyi tomonidan yagona nusxada yaratilgan.
Auktsion uyining ta'kidlaşiça, bu brilliant uşbu auksion uyida sotilgan eng katta brilliant hisoblanadi,
Brilliant 404 karatli olmosga işlov berib yaratilgan. Qimmatbaho toş Angolada 2016 yil fevralida topilgan va unga işlov beriş uçun 11 oy ketgan.
Auktsionda sotilgan yana bir noyob lot 19 karatga ega “Buyuk Mazarini” brillianti böldi. Bu brilliant 14,5 mln dollarga sotildi. Bu qimmatbaho toş öz davrida Fransiya qirollari Lyudovik XIV, Karl X, imperatorlar Napoleon Bonapart va Napoleon III’ga tegişli bölgan.












