AQŞning Freedom House tadqiqot taşkilotining hisobotiga köra, 30ta davlatda hukumat tuzilmalarining topşiriğiga köra ijtimoiy tarmoqlarda şarh va izohlar qoldiruvçi «trollar fabrikasi» faoliyat körsatmoqda, deb yozadi Meduza.
«Trollar fabrikasi» Rossiya, Meksika, Filippin, Ukraina, Belarus, Malayziya, Marokaş, Myanma, Qozoğiston, Ozarboyjon, Xitoy, Bahrayn, Eron va bir qator boşqa davlatlarda borligi aniqlangan. Hisobotda qayd etilişiça, Rossiya kabi davlatlar pul tölanuvçi şarhlovçilardan xorijiy davlatlardagi saylov jarayoniga aralaşiş maqsadida foydalanadi, lekin «trollar fabrikasi» aksariyat hollarda içki vazifalar uçun qöllaniladi.
Bir yil avval Freedom House «trollar fabrikasi»ni işlatuvçi 26ta davlatni aniqlagan edi. Xususan, ötgan bir yil içida bu röyxatga Ukraina qöşilgan.
Tadqiqot rivojlangan internet hamjamiyatiga ega 65ta davlatni qamrab olgan. Ularning faqat 16tasi senzura va internetda davlatning boşqa çeklovlaridan xoli. Rossiya erkin bölmagan internetga ega davlatlar sirasiga kiradi. Xitoy interneti eng çeklangan davlat sifatida uçinçi yildirki ketma-ket tan olinmoqda, eng erkin internet esa — Estoniyada.
Rossiyada «trollar fabrikasi»ni «Internet tadqiqotçilar agentligi» deb ataş odat tusiga kirgan. Uning xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda buyurilgan mavzu böyiça izohlar qoldirişadi. Rossiyadagi «trollar fabrikasi»ni tadbirkor Yevgeniy Prigojin moliyalaştiradi, deya taxmin qilinadi.
RBK suriştiruviga köra, «Trollar fabrikasi»dan AQŞdagi saylovlar oldidan ijtimoiy tarmoqlarda siyosiy reklama joylaştiriş, AQŞdagi turli jamoatçilik va siyosiy birlaşmalar faoliyatini imitatsiya qiliş va namoyiş etiş uçun foydalanilgan.












