«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin ommaviy axborot vositalarida «trollar fabrikasi» deb ataladigan «Internet tadqiqotlari agentligi»ning asosçisi ekanini tasdiqladi. Uşbu taşkilot xodimlari taşviqot postlarini yoziş bilan şuğullangan.
«Men «Internet tadqiqotlari agentligi»ning faqat moliyaçisi bölmaganman. Men uni öylab topdim, yaratdim, uzoq vaqt boşqardim. U Rossiya axborot makonini Ğarbning ğarazli tajovuzkor tarğibotidan himoya qiliş uçun yaratildi», dedi Prigojin.
Avvalroq Prigojin özini «Internet tadqiqotlari agentligi» asosçisi deb atagan ommaviy axborot vositalari bilan sudlaşgan. Xususan, Prigojin özi va «trollar fabrikasi» örtasidagi aloqasi borligi yozilgan maqolani tuhmat deb atab, Britaniyaning The Guardian gazetasi va Buyuk Britaniya davlat raqamli xizmati boş ijroçi direktori Tom Ridni sudga bergan edi.
Prigojin, şuningdek, «Vagner» XHK bilan aloqasi borligini körsatgan jurnalistlarni ham sudga bergan, ammo keyinçalik haqiqatan ham uning asosçisi ekanini tan oldi. Prigojin buni «Vagner» faoliyati sir tutilişi kerakligi bilan izohladi.
«Bir paytlar men Venediktov va boşqalarni sudga berişim kerak edi, çunki maxfiylik sababli «Vagner» mavjud emasligini aytiş zarurati bor edi. «Vagner» qilgan iş har doim ham ommaviy bölmasligi kerak. Bundan taşqari, «Vagner»ning ham Rossiyada, ham çet elda har doim köplab duşmanlari va hasadgöylari bölgan. Bugun «Vagner» töğrisida sukunat rejimi öz vazifasini bajarib böldi, endi men örtoq Venediktovga sudda ğalabani taqdim etişdan mamnunman. Va agar istak bölsa, men yutib çiqqanlarning barçasiga», dedi Prigojin.












