2018 yili Rossiyada bölib ötadigan jahon çempionatida iştirok etuvçi barça 32 terma jamoa nomi ma'lum böldi.

Qit'alararo pley-off bahslarida Peru Yangi Zelandiya tösiğidan ötdi va oxirgi yöllanmani qölga kiritdi.

Yevropa Rossiyadagi turnirga 14 terma jamoa taqdim etadi, ulardan 9tasi guruhlarda birinçi örinlarni egallagan holda töğridan-töğri yöllanmaga ega bölgan, 4ta terma jamoa guruhlarda ikkinçi bölgan terma jamoalar örtasida ikki uçraşuvdan iborat ötiş öyinlari orqali çiqqan. UYeFA hududida töğridan-töğri yöllanmaga Fransiya, Portugaliya, Germaniya, Serbiya, Polşa, Angliya, Ispaniya, Belgiya va Islandiya ega bölgan. Xorvatiya, Şveytsariya, Daniya va Şvetsiya pley-off öyinlari orqali çiqişdi, ön törtinçi vakil mezbon - Rossiya.

Janubiy Amerika futbol konfederatsiya (KONMeBOL) hududidan Braziliya, Urugvay, Argentina va Kolumbiya töğridan-töğri yöllanmaga ega bölişdi, Peru beşinçi örinni egalladi va pley-offda Okeaniya vakili Yangi Zelandiyaga qarşi öyinlar ötkazdi (0:0, 2:0).

Meksika, Kosta-Rika va Panama jahon çempionatining final qismiga Şimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi (KONKAKAF) hududida saralaşning 5-raundida dastlabki 3 örinni egallagan holda çiqdi. Osiyo futbol konfederatsiyaga tört örin ajratilgandi: Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni bu örinlarni band qildi. Saralaşning 4-raundida Suriyani mağlub etgan Avstraliya pley-offda KONKAKAF vakili Hondurasni mağlub etdi (0:0, 3:1).

Afrika futbol konfederatsiyasida esa Tunis, Nigeriya, Marokaş, Senegal va Misr öz guruhlarida ğolib çiqqan holda Rossiyaga boradigan bölişdi.

Niderlandiya, Çili, AQŞ, Çexiya, Uels, Ukraina va ÖZBeKISTON kabi terma jamoalar guruhdayoq qolib ketişdi, Italiya, Irlandiya, Gretsiya va Şimoliy Irlandiya kabi terma jamoalar pley-offdan öta olişmadi.

Rossiya mundiali uçun qur'a taşlaş marosimi 1 dekabr kuni Moskvada ötkaziladi, turnir 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 8 şahridagi 11 stadionda bölib ötişi belgilangan.

Qur'ada terma jamoalar 4ta savatçaga ajratiladi.