Gretsiyaning Attika viloyatida yomon ob-havo tufayli 13 kişi hayotdan köz yumdi. Bu haqda Afinaning AMNA axborot agentligi xabar bermoqda.
Mutaxassislarning baholaşiça, qurbonlar soni 20 nafargaça yetişi mumkin.
Yomğirlar oqibatida Mandra, Magula, Nea-Peramos, Elefsina va Aspropirgos şaharlari toşqin ostida qoldi. Gretsiyada jala va momaqaldiroqlar hafta boşidan beri kuzatilmoqda va yakşanbagaça davom etadi. Gretsiya boş vaziri Aleksis Tsipras 15 noyabrda hukumat a'zolari bilan tabiiy fojia oqibatlarini bartaraf etiş va körilgan ziyonni qoplaş masalalarini muhokama qildi.
Boşpanasiz qolganlarga vaqtinçalik boşpanalar taşkil etilgan.
Toşqinlardan eng köp Afinadan 50 km uzoqlikda joylaşgan Mandra şahri jabr körgan. Toşqinlar yuz bergan hududlarda favqulodda vaziyat e'lon qilingan.
Şuningdek, mamlakatda toşqinlar qurbonlari xotiralariga milliy motam e'lon qilindi.
Boş vazir xalqqa telemurojaatida halok bölganlar oilalariga ta'ziya bildirdi va hukumat tabiiy ofatdan jabr körgan barçaga yordam berişiga va'da berdi.
“Bu Gretsiya uçun oğir damlardir. Biz ulkan tabiiy ofatni boşdan keçirmoqdamiz. Barça halok bölganlar oilalariga samimiy hamdardligimni bildiraman”, deb aytgan Tsipras.












